prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Biskvit tayyorlashni bir necha usullari


Joylandi: 22.01.2020, 22:44
1. Oddiy biskvit tayyorlash 1-usuli.

7 dona tuxum,
shakar 1 stakan (200-250g).
un - 7 osh qoshiq (200-250g).
vanilin.
Tayyorlanishi:

Tuxum oqini tik turadigan xolgacha mikserlab olamiz, so'ng oz-ozdan shakar solib shakar tugaguncha va eiriguncha mikserlaymiz, ketidan tuxum sarig'ini solib qoshiqda yoki palkada asta aralashtirib olinadi (salgina aralashishi kerak) so'ng elangan un bilan vanilin solib uni aralashguncha qoshiqda aralashtirib olib, oldindan qizigan duxovkamiz listiga qo'yib, 35-40 minut pishirib olamiz.

Biskvit pishayotganda ayniqsa ko'tarilayotganda duxovka ochilmaydi, 30 minut bo'lguncha umuman ochish mumkin emas. Biskvit yaxshi ko'tarilgach taxminan (xammani duxovkasini gradus(kuchi)i har xil) 35 minutlarda duxovkani tepasini yoki ustini qizartirib olamiz.

Pishgan biskvitni duxovkadan olib qolip bilan ag'darib qo'yamiz biskvitni sovugachgina qolipdan olishimiz mumkin, uy haroratida sovutamiz, biskvitli tortlar uchun biskvitni 1 kun avval tayyorlab olinadi.

2. Oddiy biskvit tayyorlash 2-usuli.

tuxum 7 dona,
shakar 1 stakan (200-250g),
un - 7 osh koshik (200-250g),
vanilin.
Tayyorlanishi:

Tuxum oqini tik turadigan xolgacha mikserlab olamiz, so'ng oz-ozdan shakarni yarmini solib shakar tugaguncha va eiriguncha mikserlaymiz, tuxum sarig'ini qolgan shakarimiz bilan mikserlaymiz, tuxum oqini yarmini tuxum sarig'i solib bir aralashtirib un va vanilin elab solib yana bir aralashtiramiz. Qolgan tuxum oqini solib yana aralashtirib pishirib olamiz. Biskvit xamiri ko'p aralashtirilmaydi uni salgina qurimay qolguncha aralashtirish kerak. Piroglar kabi emas.

3. Suvli biskvit.

tuxum 7 dona,
shakar 1 stakan(200-250g),
un - 5 osh qoshiq,
suv - 1 stakan,
vanilin.
Tayyorlanishi:

7 ta tuxum sarig'ini ustiga 1 stakan suv, 0,5 stakan shakar solib mikserlaymiz, tuxum oqini qolgan shakar bilan mikserlaymiz, tog'oraga tuxum sarig'ini solib 2,5 qoshiq un bilan salgina aralashtirib, tuxum oqini yarmini solib yana bir aralashtiramiz, qolgan unni solib aralashtirib oxirida tuxum oqini qolgan qismini solib ozroq aralashtirib, qizigan duxovkamizda biskvitimizni pishirib olamiz.

Bu variantni konditerlar ko'p qo'llaydi, katta 7 litrli mikseri yo'qlar mikserini kuchi pastroqlar bu variantni qo'llamaganinglar ma'kul, chunki suvli biskvitga oddiy mikserlarni kuchi yetmaydi.

Shokoladli biskvit xohlovchilar xuddi shu tarzda tayyorlab, oxirida 2 osh qoshiq kakao 1 choy qoshiq razrixlitel solib aralashtirib pishirib olamiz kakao biskvitni suyultiradi shuning uchun razrixlitel yoki uksusda o'ldirilgan soda solinadi.

RETSEPT SIZGA YOQQAN BO'LSA LAYK BOSISHNI UNUTMANG.
Ushbu "Biskvit tayyorlashni bir necha usullari" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 215 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar