prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Murodjon Ahmadaliyev Romanning chempionlik kamarlarini tortib oldi


Joylandi: 31.01.2020, 09:57
Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (8ta g‘alaba, 6ta nokaut) 31 yanvarga o‘tar kechasi AQShda ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi chempionlik jangi o‘tkazdi.

Mayamida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyev chempion Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, 12 raundlik jang natijalariga ko‘ra, hakamlar tomonidan jang g‘olibi deb topildi.

Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Professional faoliyatidagi 8ta jangida 8ta g‘alabaga erishgan Ahmadaliyev tarixiy rekordni takrorladi. Bungacha faqat Leon Spinks 8ta jangdayoq chempionlik kamariga ega chiqqan edi.
Ushbu "Murodjon Ahmadaliyev Romanning chempionlik kamarlarini tortib oldi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 243 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Kun.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar