prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

O‘zbekistonda avtomobil narxi oshdimi? UzAuto Motors ma'lumotga izoh berdi


Joylandi: 19.02.2020, 22:37
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors Spark, Cobalt va Lacetti yangi avtomobillariga narxlarni oshirgani to‘g‘risida ma'lumot paydo bo‘ldi

Kompaniya xabariga ko‘ra, 2020 yildan boshlab UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalardagi Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba'zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.

«Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya'ni avtomobil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan. Mazkur holat diler va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan», - deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda xaridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.

UzAuto Motors qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma'lumot keltirilgan jadvalni ham e'lon qildi:
Ushbu "O‘zbekistonda avtomobil narxi oshdimi? UzAuto Motors ma'lumotga izoh berdi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 278 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Kun.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar