prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Koronavirus Rossiyada. Bu safar rasman


Joylandi: 01.02.2020, 22:43
Rossiyada koronavirus yuqtirib olgan ikki bemor aniqlandi - bular Baykalorti o‘lkasi va Tyumen oblastidagi xitoylik fuqarolardir. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova rasman ma'lum qildi.

Golikova Rossiyaga yangi koronavirus infeksiyasi kirishi va tarqalishining oldini olishni nazorat qiluvchi tezkor shtabga boshchilik qilmoqda.

«Rossiyada koronavirusga chalingan ikki bemor aniqlandi - Zabaykale va Tyumen oblastlarida», - degan Golikova shtab yig‘ilishidan keyin jurnalistlarga.

«Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popovaning ma'lum qilishicha, ularning ikkisi ham yanvar oyida Xitoydan kelgandi. U ikki bemor ham izolyatsiya qilingani va Rossiyada virus tarqalishi xavfi yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

«Ulardan biri XXR hududida qariyb bir oy vaqt bo‘lgan, u yerga 28 dekabr kuni ketib 26 yanvar kuni qaytgan, ikkinchisi ham taxminan shuncha vaqt - u 28 yanvar kuni qaytib kelgan», - degan Popova.

U shuningdek, Rossiya hukumati koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri joylashgan Xubey viloyatidan rossiyaliklarni evakuatsiya qilishni boshlashini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarga tanlov imkoniyati beriladi - Xitoyda qolish yoki vatanga qaytish, qaytganlar ikki hafta davomida karantin holatida bo‘lishadi.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya hukumati xitoyliklarga ishchi viza berishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni tayyorlamoqda. Shuningdek, «Aeroflot»ning Pekin, Shanxay, Hongkong va Guanjchouga reyslaridan tashqari Xitoy bilan barcha aviaqatnovlar to‘xtatiladi. Juma kunidan Sheremetevo aeroportida Xitoyga uchuvchi yoki Xitoydan uchib kelishuvchi barcha reyslar F terminaliga o‘tkazilgan.

Xitoyning virus yetib bormagan hududi qolmadi. Boshqa mamlakatlar nima qilmoqda? Koronavirus bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlar

31 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e'lon qildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan zararlanish oqibatida kamida 213 kishi halok bo‘lgan, qariyb 10 ming kishi virusni yuqtirib olgan. JSST ma'lumotiga ko‘ra, Xitoydan boshqa yana 18 davlatda jami 98 nafar bemor aniqlangan, ammo Xitoydan tashqarida o‘lim holatlari kuzatilmagan.

Koronavirus tarqalishi xalqaro favqulodda holat deb e'lon qilindi

22 yanvar kuni ham Rossiyada koronavirusga chalingan bemor aniqlangani haqida xabar tarqalgan, Pulkovo aeroportiga kelgan yo‘lovchi virusni yuqtirishda gumonlanib, Botkin nomidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan, ammo keyinroq unda virus yo‘qligi ma'lum bo‘lgandi.

Bundan avvalroq, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin Uzoq Sharqdagi Xitoy bilan chegaralarni yopish bo‘yicha buyruq bergandi.
Ushbu "Koronavirus Rossiyada. Bu safar rasman" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 349 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Kun.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar