prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

O‘zbekistonda propiska so‘zi amaliyotdan chiqariladi.


Joylandi: 17.02.2020, 18:51
O‘zbekistonda propiska so‘zi boshqa so‘z birikmasi bilan almashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

“Propiska — eskidan qolib ketgan tizim. 2011-yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan. Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga ‘qayd etish’ so‘z birikmasi ishlatiladi”, — degan Azizbek Ikromov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagan edi.

“Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir. Shu bois, parlament va hukumat 2020-yil 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim”, — degan edi u.
Ushbu "O‘zbekistonda propiska so‘zi amaliyotdan chiqariladi." sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 218 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Kun.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar